Kimoshdi savdosi tarixi — Davlat tili 6-sinf darsi
6-sinf o'quvchilari uchun kimoshdi savdosi tarixi va tartibi haqida o'quv qo'llanmasi. Auktsion jarayoni va ona tili qoidalari bo'yicha mashqlar.
Davlat tili | 6-sinf
O'QING
Kimoshdi savdosi tarixi
O'quvchilar orziqib kutgan kun keldi.
Maktab faollar zalida o'quvchilar tayyorlagan mahsulotlar kimoshdi savdosiga qo'yildi.
Birinchi bo'lib Zumrad zardo'zlik to'garagida tikkan do'ppi sotuvga qo'yildi.
Mahsulotlar narxi kimoshdi shartiga ko'ra oshib bordi.
Diloromning xarid qilgan roboti barchada qiziqish uyg'otdi.
Savdo oxirida tushgan mablag' haqida ma'lumot berildi.
Tadbir hammaga manzur bo'ldi.
1 / 5
Davlat tili | 6-sinf
O'YLANG VA TOPING. YOZING
Maktab ma'muriyati va ota-onalar bunday kimoshdi savdolarini tez-tez o'tkazib turishga kelishib oldilar.
«Bunday kimoshdi savdolarini tez-tez o'tkazib turamiz», — deb ota-onalar va maktab ma'muriyati kelishib oldilar.
Quyidagi gaplarni ko'chirma gapga aylantiring:
Maktab ma'muriyati va ota-onalar bunday kimoshdi savdolarini tez-tez o'tkazib turishga kelishib oldilar.
Botirning bobosi robot sotib olganidan juda baxtiyor ekanini aytib o'tdi.
Barcha ota-onalar farzandlarini robototexnika to'garagiga berishlarini aytishdi.
Dilshodning dadasi do'ppi juda ham did bilan tikilganini aytdi.
2 / 5
Davlat tili | 6-sinf
3 / 5
TINGLANG
Kimoshdi savdosi jarayonini ko'ring va tinglang
Kimoshdi savdosi jarayoni
Zardo'zlik mahsuloti
Auktsion bolg'achasi
Davlat tili | 6-sinf
4 / 5
O'YLANG VA TOPING. GAPIRING
Savollarga og'zaki javob bering
Kimoshdi savdolari nechinchi asrdan boshlab o'tkazila boshlagan?
Birinchi auktsion qaysi qit'ada o'tkazilgan?
Narxni oshirish usulida o'tkaziladigan auktsion qaysi davlatga xos?
Hozirgi kunda auktsionning ikki xil turidan asosan qaysi biri o'tkaziladi?
Maktab o'quvchilari o'tkazgan auktsion kimoshdi savdosining qaysi turiga mansub?
Nima deb o'ylaysiz: maktabda o'tkazilgan kimoshdi savdosi talabga javob berdimi? Fikringizni keltiring.
Davlat tili | 6-sinf
5 / 5
O'YLANG VA TOPING. YOZING
Jadvaldan so'zlarni toping
Mustaqil topshiriq
Kimoshdi savdosi o'tkazilayotgan jarayonni tasvirlab dialog tuzib keling.
- kimoshdi savdosi
- auktsion
- davlat tili
- 6-sinf darslik
- ona tili
- o'zbek tili
- ta'lim
- maktab