Korreksion Fanlar Metodbirlashmasi Hisoboti 2025-2026
2025-2026 o‘quv yili 1-yarim yillik korreksion fanlar faoliyati, logopediya, ritmika va maxsus ta'lim pedagoglari hisoboti va monitoring natijalari.
KORREKSION FANLAR METODBIRLASHMASI HISOBOTI
2025-2026 o‘quv yili — 1-yarim yillik faoliyati tahlili
Kirish va Tashkiliy Masalalar
2025-2026 o‘quv yilida metodbirlashmada 6 nafar pedagog faoliyat yuritdi. MMTVning 2024-yil 5-yanvardagi 8-sonli buyrug‘iga asosan ishlar tashkil etildi va nizom talablari bajarildi. Rejalashtirilgan 3 ta yig‘ilish to‘liq o‘tkazilib, tegishli qarorlar qabul qilindi.
Metodik Ma'ruzalar va Seminarlar
Logopedik Yordam (Xudoynazarova M.SH)
Autizm spektr buzilishiga ega bolalar bilan ishlash, muloqot ko‘nikmalarini shakllantirish va interfaol metodlar.
Ritmika va Milliy O‘yinlar (Mirzayeva M.D)
Aqli zaif bolalar uchun diqqatni jamlash, harakatlarni muvofiqlashtirish va ijtimoiy moslashuvni rivojlantirish.
Integratsiyalashgan Seminar: "Ko‘r qil, Gapir"
Boshlang‘ich ta'lim metodbirlashmasi bilan hamkorlikda o‘tkazildi. Maqsad: Aqli zaif o‘quvchilarda tinglash, tushunarli gapirish va o‘zaro hurmat ko‘nikmalarini shakllantirish.
O‘qituvchilar Faoliyati Monitoringi Natijalari (I-II)
Ochiq Darslar Tahlili (Til va Logopediya)
O. Roziqova - O‘zbek tili (6-7A sinf): "Oila" mavzusi. Darsda texnik vositalar va ko‘rgazmali qurollardan unumli foydalanildi. Baho: "Yaxshi".
M. Xudoynazarova - Logopediya (4B sinf): "SH" va "V" tovushlarini suratda ajratish. Interfaol va qiziqarli mashg‘ulot o‘tkazildi.
Ochiq Darslar Tahlili (Ijtimoiy, Ritmika, San'at)
I. Abdumutalova (Ijtimoiy hayot): "Havo transporti" (9B sinf). Mazmunli va amaliy.
M. Mirzayeva (Ritmika): "Turli xil harakatlar" (4B sinf). Harakat va ritm orqali sog‘lomlashtirish.
D. Yunusova (Tasviriy san'at): "Gul va bargdan naqsh yasash" (9B sinf). Ijodiy qobiliyatni rivojlantirish.
To‘garak Faoliyati (48 O‘quvchi)
1. "Birgalikda ulg‘ayamiz" - I.R. Abdumutalova (10 o‘quvchi) 2. "Kompyuter savothonligi" - M. Xudoynazarova 3. "Ritmika" - M. Mirzayeva 4. "Davolovchi gimnastika" - O. Roziqova 5. "Tasviriy san'at" - D. Yunusova
"Birgalikda Ulg‘ayamiz" Loyihasi
21-Noyabr: "Lokomotiv" istirohat bog‘i (7 o‘quvchi + 7 ona).
11-Dekabr: "Crafers" shokolad fabrikasi (8 o‘quvchi + 6 ona).
Maqsad: Ona-bola munosabatlarini mustahkamlash va bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazish.
Ma'naviy-Ma'rifiy Tadbirlar
30-Oktabr: "Ustoz va murabbiylar kuni". Viktorinalar va sahna ko‘rinishlari.
2-Dekabr: Xalqaro Nogironlar kuni ("Cheksiz imkoniyatlar sari"). "Bayram stolini bezatish" master-klassi.
Joriy Tanlov: "Ekologiyani Asraylik"
🌱 Sinf xonalarida "Eng chiroyli ekoburchaklar" tashkil etish.
♻️ Tashlandiq materiallardan buyumlar yasash va ko‘rgazmalar.
🧹 "Eng toza sinf" yo‘nalishida bellashuv.
E'tiboringiz uchun rahmat!
Metodbirlashma faollari:
Rahbar: I.R.Abdumutalova
Kotiba: O.O. Roziqova
A'zolar: M.Sh. Xudoynazarova, M.D. Mirzayeva, B.R. Qodirova, D.S. Yunusova
- korreksion-pedagogika
- maxsus-talim
- logopediya
- ritmika
- hisobot
- metodbirlashma
- maktab-talimi